KIIP o’quv dasturi o’zi nega kerak? 2021-yil imtihonlar uchun registratsiya jadvali

KIIP kursi – bu Koreya immigratsiyasi tomonida tuzib chiqilgan o’quv dasturi hisoblanib, chet elliklar uchun Koreyaga tezroq moslashib ketish uchun yordam tariqasida, o’ziga bepul Kores tili va madaniyati darslarini qamrab oladi.

Nega KIIP kerak?

KIIP kursini asosan Koreyada uzoq muddatda yashab istiqomat qilish istagida bo’lganlar vizasini o’zgartirish niyatidagilar o’rganishlari tafsiya qilinadi. Ko’pincha E-9vizasidan E-7-4 viziga, F-2 vizasiga, F turdagi vizalar. D turdagi vizalar uchun ishlash va hakozo.Chunki KIIP kurslarini tugagatganlar uchun har bir bosqich uchun mos ravishda qo’shimcha imkoniyatlar va ballar taqdim qilinadi. Men shaxsan o’zim ham KIIP bosqichini avvaliga bepul Kores tilini o’rganish maqsadida boshlagan edim. Bu esa menga keyinchalik universitetni bitirganimdan so’ng d-10 vizasini olishda qo’shimcha ballar taqdim qildi.
KIIP kursi 5 bosqichdan iborat. Dastlabki 4 bosqich asosan kores tilini o’tganish bo’lsa so’ngi 5-bosqich to’laligicha kores tili madaniyati darslari bo’ladi.

Darslarga to’g’ridan to’g’ri 0-bosqichdan registratsiya qilish mumkin yoki avval imtihon topshirib darajaga mos bosqichdan darslarni tanlash mumkin bo’ladi. Masalan: agar sizda TOPIK dan 2-darajangiz bo’lsa unda siz to’g’ridan to’g’ri KIIP ning 3-bosqichidan boshlab o’rganib ketish imkoniyati bor.Kores tilidan hech qanday darajaga ega bo’lmaganlar quidagi sanalarda daraja aniqlash testlari topshirishingiz mumkin bo’ladi. Eslatib o’tamiz bu yil 2021 yil uchun daraja aniqlash testi 10 marotaba o’tkazilishi kutilmoqda. (사전평가 qismida)

Shuningdek har semestr yakunida imtihon o’zkazilib, imtihondan yaxshi o’zlashtirganlar keyingi bosqichga yo’l oladi. Semestr yakuni uchun testlar bu yil 2021-yil uchun 4 marotaba o’tkazilishi kutilmoqda. Quida jadvalda registratsiya sanalari haqida ma’lumot bilan tanishing(중간평가 qismida)

2021-yil uchun KIIP jadvali

Oxirgi 5-bosqichni yakunlaganlar uchun imtihon 2021-yil uchun 10 marotaba o’zkazilishu kutilmoqda. Jadvalga e’tibor bering (종합평자 qismida)

Registrasiya qilish yo’riqnomasini kiiptest.org web sahisafidan tanishib chiqing yoki oddiygina bizning ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring


telegram: t.me/afishakorea
facebook: fb.me/afishakorea
instagram: instagram.com/afisha_korea

Leave a comment