
Bilamizki Koreyada pochta jo’natish hizmati juda yaxshi rivojlangan. Mamlakatning hududi nisbatan kichikligini hisobga olsak ko’p holatda jo’natilgan yuklar 1-2kunda yetib borishini imkon beradi. Lekin katta bayramlar arafasida yoki dam olish kunlarda tezkor yuklar jo’natishning imkoni yo’q bo’lishi mumkin. Bunday holda siz shaharlararo avtobuslardan pochta jo’natish mumkinligini bilasizmi?
Bu borada facebook foydalanuvchisi Fayz Ziyo Uzbek students in Korea gruppasida o’z tassurotlari bilan o’rtoqlashdi.
«Bundan 1-2 yilcha avval dam olish kuni boshqa bir shaharga yuk berib yuborishim kerak bo’lib qolgandi. Usha vaqt 3-4 kunlik bayram edi, pochtalar ishlamas edi. Shunda avtobus orqali junatib yubor deb maslahat berishdi. Keyin Shaharlararo qatnaydigan avtobus bekatiga (bus terminal) borib yuk borishi kerak bo’lgan shahar avtobusidan pochtani berib yubordim. 5-6 kilo yuk bor edi, tarozida o’lchamay ham 10.000 won to’laganman, chekda to’lov qilingani, avtobus raqami, qachon yetib borishi yozib bergan. Pochta egasi ham bus terminalga borib usha avtobus yetib borganda pochtani qabul qilib olgan. Qachondir siz ham dam olish kunlari, chusok bayramlari, 4-5 kunlik cho’ziladigan dam olish kunlarida tezkor pochta junatishingiz kerak bo’lib qolsa , bilmaganlar bo’lsa foydali bo’ladi deb ulashdim»
Aytib o’tish joizki bu yo’l bilan pochta jo’natganlarning ko’pchiligi ijobiy fikr bildirib izoh qoldirishgan.
Agar siz ham dam olish va bayram kunlarida tezkor pochta hizmati kerak bo’lsa bu ham yana bir samarali yo’l bo’lishi mumkin.